Ko'pchiligimiz bir sohada yangimiz va o'z mahsulotimizni, loyihamizni quryotganimizda yangicha noodatiy "nimadir" qurishga harakat qilamiz. Natijada esa hech narsa qilmaymiz yoki 90% holatda yoqimsiz narsa quramiz.
Chunki:
- Bizda sohada tarjiba kam.
- Odamlarga "yangilik" yoqadimi yo'qmi (ya'ni biz qurgan mahsulotni ular ishlatadimi) bilmaymiz?
Nima qilish kerak?
Ko'chiring.
Ha, ko'chiring.
Siz qurmoqchi bo'lgan mahsulot yoki loyihaga muqobil, ko'pchilik tomonidan sevib ishlatiladigan, umuman olganda odamlar sevib foydalanadigan variantidan ko'chiring.
Mayli boshida 1x1 ko'chiring, nomni boshqacha qo'ysangiz yetarli.
Nega ko'chirish?
- Chunki, siz bilasiz siz qurayotgan mahsulot odamlarga yoqishini.
- Boshida yangi ixtiro uchun o'zingizni qiynash o'rniga borini qayta ixtiro qilish ancha oson.
Keyinchalik ko'chirmani rivojlantirsangiz bas.
O'zim ham Sefer'ni ko'chirganman. Boshida 'book exchange' tadbiridan boshlaganmiz, 1x1 ko'chirganman. Keyin uni rivojlantirdik, jamoa bilan birga rivojlantirdik. Hozirda Sefer 1000+ auditoriyaga ega katta ijtiimoiy loyiha.
Yangimisiz?
O’zingizni qiynamang, ko’chiring.