2023-yil, Yoz.
"Ibrat Top 100 camp" loyihasi haqida eshitdim va loyihaga ariza topshirdim. Bu hayotimdagi eng birinchi ijtimoiy loyiha edi.
250 ta so'zlik esseni 3 kunda yozdim. Birinchi bosqich muvaffaqiyatli o'tdi, endi navbat intervyu bosqichiga edi. Intervyuda qatnashdim, jarayonda ko'p xatoliklarga yo'l qo'ydim. Lekin umumiy olganda birinchisiga yaxshi bo'ldi.
Lekin, natijalar e'lon qilinganda ro'yxatda ismimni ko'rmadim. Oradan 3 kun o'tib email'imga xat keldi. Qarasam loyihaga qabul qilinganligim haqidagi xat va birozdan keyin qo'ng'iroq ham qilishdi. Keyin bilsam "wait list"dan qo'shilgan ekanman. Loyihaga qabul qilinganimdan hursand bo'lsamda ichimda bir ovoz "Sen birinchisida o'tolmading, loyiq emasmiding?" deb turardi...
Oradan bir yil ham o'tmasdan ketma-ket 5 ta oromgohga tashkilotchi bo'lib bordim. Oxirgi oromgohda esa o'zimga o'xshagan qorako'zlarni saralash bosqichini olib bordim. Keyin tushunib yetdim. Boshida zo'r boshlash muhim emas, muhimi qay darajada bajarish va yakunlash.
Boshlang - chiroyli yakun qiling.