Ikkilanish
Devfest'da Azimjon aka bilan kontakt almashdik. Keyin gap boshlash uchun Devfest'da tushgan rasmlarimizni tashlab qo'ydim. Keyin miyyamda savollar aylana boshladi, qaysi savolni so'rashni bilmay qoldim. Ikkilandim, yozsammi-yozmasammi, so'rasammi-so'ramasammi kabi fikrlar hayolimdan o'tdi. Shu fikrlar bilan bir oy yurdim va qarasam chat ikkimizdan ham o'chirilgan... Oradan vaqt o'tdi va biz bahorda masjidda ko'rishdik. Ko'rishganimizda O'zbekitsonga qaytganlari va maytab loyihasini boshlaganlarini aytdilar. Shunda darrov "Meni ham jamoaga oling. Tasklarni vaqtida qilaman, o'z ustimda ishlab tezroq o'rganolaman" dedim. Azim aka "Manga CV jo'natib qo'ying ko'rib chiqamiz" dedilar. Keyin uyga yaxshi kayfiyatda kelib kechgacha CV yasadim, iloji boricha yaxshi qilishga harakat qildim. CV yasab tashladim, 2 soatda javob keldi lekin... Javob "Ko'rib chiqib yangilik bo'lsa xabar beramiz" edi xolos... Bo'ldi shu bilan yana vaqt o'tdi. Bu bizning ikkinchi uchrashuvimiz edi...