24-Aprel
Shu kuni metroda uyga qaytyotgandim, 42.uz telegram kanaliga e'lon berildi "42 da birinchi offline dars" Dars "randomness" haqida edi va narxi 127.001 so'm edi. Oflayn dars bo'lgani uchun shu narxni tanlashgan edi. Kartamga qarayapman 125.000 so'm pulim bor va bu yashashim uchun kerak😁
Keyin uyga kayfiyatim tushib bordi, o'sha kuni Payshanba edi va dars Shanba kuni bo'lishi kerak. Juma kuni uyg'ondim. Telefonimga qarasam xabar kelgan, Juma kuni 14:00 da Azim Pulat bilan bepul jonli seminar bo'larkan. Tez tayyorlanib yo'lga chiqdim, Juma namozini o'qib darrov seminarga bordim. Seminar boshlandi, oldi qatorda o'tiribman. Gap orasida "42 jamoasiga videolarni yozishga volontyor kerak, izlayapmiz" dedilar. Man uchun imkoniyat!
Chunki o'sha kungacha Iqtisodiyot universiteti media jamoasida ishlagandim. Seminarni qolgani esimda yo'q chunki media bo'yicha portfoliyalarimni bir joyga yig'ish bilan band edim. Seminar tugashi bilan birinchi oldilariga bordim va "Azim aka siz volontyor izlayapmiz dediz, man universitetda media jamoasida ishlaganman. Mana portfoliyam". Azim aka videolarni ko'rib "Bizga ma'qul" dedilar. Keyin kelishuv taklifini berdim "Siz mani dasturlashdan oq'itasiz, man sizga video yozishga yordam beraman". Azim akani bu gapni eshitib aytgan gaplari "Welcome to Facebook" edi.
Mana qanday 42 jamoasiga qo'shilganman...